
Kavani bilan kelisha olmayotgan “Benfika” “Atletiko” hujumchisiga ko‘z tikdi
Yaqinda “Benfika” klubi Edinson Kavani transferini hal qilganligi haqida xabar bergan edik. Ammo ma’lum bo‘lishicha, tomonlar o‘yinchining maoshi borasida bir to‘xtamga kela olmayapti. Urugvaylik forvard yiliga 20 mln evro daromad olmoqchi.
Bunday vaziyatda portugaliyaliklar e’tiborini boshqa futbolchiga qaratmoqda. “Atletiko” a’zosi Diego Kosta aynan “burgutlar” uchun mos variant bo‘lib turibdi. So‘nggi mavsumlarda unga etarlicha o‘yin amaliyoti berilmayotganligi tufayli, Kosta boshqa jamoaga o‘tishi mumkin.
Avvalroq, “Benfika” o‘z safiga Yan Vertongenni qo‘shib olganligi xabar qilingandi.
Fikrlar