Kavani 33 yillik rekordni takrorladi

  • 12 avgust, 2019, 09:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ klubi forvardi Edinson Kavani kecha Frantsiya chempionatining ilk turida "Nim" darvozasini ishg‘ol etishga erishdi.

Tecno

E’tiborlisi, bu 33 yoshli urugvaylik futbolchining parijliklar safida kiritgan 135-goli bo‘ldi. Ta’kidlash kerakki, Kavani shu tariqa so‘nggi 33 yil ichida Frantsiya chempionatida ishtirok etuvchi jamoalar orasida 135ta gol urgan ilk futbolchiga aylandi.

Ma’lumot uchun, bir jamoa safida bunday ko‘p golni so‘nggi marta 1986 yil “Bordo” futbolchisi Alen Jiress kiritgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Kavani PSJga 2013 yil 64 mln evro evaziga “Napoli”dan ko‘chib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!