
"Katta dubulg‘a" musobaqasi. Nikita Rafalovich chorak finalda!
Bugun Xitoyning Usi shahrida Katta dubulg‘a musobaqasi bahslari boshlandi.
-80kg vazn toifasida o‘zbekistonlik Nikita Rafalovich 1/8 finalda xitoylik Kim Zang bilan jang qildi. Keskin o‘tgan bahsda hamyurtimiz g‘alaba qozondi va chorak finalga chiqdi.
Endi Nikita yarim finalga chiqish uchun iordaniyalik Solih El Sharabati bilan kurash olib boradi.
Manba: O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar