
Katanets Hindiston bilan qanday o‘yin namoyish etmoqchi ekanligi, Suriyaga qarshi uchrashuvda nega oxirida o‘zgarish qilmagani haqida gapirdi
Bugun Osiyo kubogi ikkinchi turidan oldin O‘zbekiston milliy terma jamoasining Hindistonga qarshi o‘yini oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda Srechko Katanets ishtirok etib, mutaxassis o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- Agar kuchli jamoalar bilan o‘ynasak hammaga o‘ynash oson bo‘ladi. Ertaga boshqacha uchrashuv bo‘ladi. Biz agressiv harakat qilishga urinamiz. Ochiq hududlar ochishga intilamiz. Ko‘proq to‘pni nazorat qilishimiz lozim. Shunda ko‘proq imkoniyatlar bo‘ladi. Shunda jarima zarbalari, balki penalti bo‘lar. Men jamoani tayyorladim.
Hindiston juda tartibli jamoa va agressiv o‘ynaydi. Ertangi bahs Suriya bilan bellashuvdagidan farq qiladi. 90-daqiqa davomida sabrli bo‘lishimz lozim.
Bu erda hindistonlik muxlislar ko‘p. Biz ularning bosimiga e’tibor qaratmasdan o‘zimizning o‘yinni ko‘rsatishga harakat qilamiz. Biz bunday bosimlarga e’tibor qaratmaymiz. Keyingi uchrashuvlar haqida o‘ylaymiz.
Hojiakbar Alijonov uchun Osiyo kubogi yakunlandi.
Jahon chempionati saralashidagi Eron bilan o‘yinda gap taktikada emas, futbolchilarning xohishida edi. Shuning uchun o‘sha payt 5 himoyachi bilan yaxshi o‘ynayotgandik. Eron bilan bellashuvda Sergeev hisob 2:1 payti tushgandi. Shuning uchun bu narsa futbolchilarning mentalitetiga bog‘liq.
Suriyaga qarshi bellashuvga to‘xtaladigan bo‘lsak, ular 2 hujumkor futbolchini maydonga tushirdi. Shunda ular yangi kuchlar paydo bo‘ldi. Shu sababdan ham men o‘zgarishga qo‘l urmadim.
Suriya bilan uchrashuv o‘tib ketdi. Bu haqda gapirgandan foyda yo‘q. Bu o‘yin men uchun hech qanday printsipial ahamiyatga ega emasdi. Men Ektor Kuperni juda ham hurmat qilaman. Inson sifatida ham, murabbiy sifatida ham, - dedi Srechko Katanets.
Fikrlar