
Karolina Plishkova jiddiy qarshilikka uchradi
Chexiyalik tennischi Karolina Plishkova joriy yilgi "Uimbldon" turnirining ayollar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida eng uzoq o‘yin o‘tkazdi.
Karolina 3 soatu 17 daqiqa davom etgan o‘yinda hamyurti Karolina Muxovaga 6:4, 5:7, 11:13 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Shu tariqa chorak finalga yo‘l olgan Muxova endi ukrainalik Elina Svitolinaga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar