
Karolina Plishkova ham to‘xtadi
Chexiyalik Karolina Plishkova "BNP Paribas Open" turnirining chorak final uchrashuvida kutilmaganda imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Karolina mazkur bosqichda shveytsariyalik Belinde Benchichga qarshi kortga chiqib, yakunda 3:6, 6:4, 3:6 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Shu tariqa Indian-Uells shahrida o‘tayotgan musobaqaning yarim finalida Benchich amerikalik Vinus Uilyams yoki germaniyalik Anjelik Kerber bilan raqobatlashadi.
Fikrlar