
Karlo Anchelotti "Manchester Siti" mag‘lub etilgan dramatik uchrashuvdan so‘ng nimalar dedi?
EChL yarim finali doirasidagi "Real" - "Manchester Siti" (3:1) uchrashuvidan so‘ng madridliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelotti quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:
"Bunga o‘rganib qolganmiz, deya olmayman, ammo bu voqea PSJ va "Chelsi"ga qarshi o‘yinlarda ham sodir bo‘lgandi. "Qanday qilib" degan savolni bersangiz, bu klubning tarixi, hech qachon taslim bo‘lmaslikka bo‘lgan harakat, deb javob beraman.
Bellashuv yakuniga yaqin barchasi hal bo‘lgandek ko‘rinayotgan edi, ammo biz o‘zimizda kuch topa oldik. "Real" kuchli raqibga qarshi yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Hisobni tenglashtirgach, qo‘shimcha bo‘limlarda ruhiy ustunlikka ega bo‘lishimizni bilardik.
Parijdagi finalda yana bir kuchli raqibga qarshi maydonga tushamiz. Bunga o‘rganib ham qoldik. Bizni "Liverpul"ga qarshi fantastik o‘yin kutib turibdi",-dedi italiyalik mutaxassis.
Fikrlar