
Karim Benzema: Yakun yaqin...
"Real" klubi hujumchisi Karim Benzema La Ligadagi kurash borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda AS nashri xabar berdi.
- Chempionat doirasida kurash qizg‘in pallaga kirgan. Chunki yakun yaqin. La Liga tugashiga sanoqli turlar qoldi. Raqobat juda kuchli. Chempion bo‘lishni istaymiz va bu borada oxirigacha kurashamiz, - dedi Benzema.
"Qirollik klubi" bugun tunda "Real Sosedad" mehmoni bo‘ladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 01:00da boshlanadi.
Fikrlar