
Karen Xachanov endi hamyurtiga qarshi kortga chiqadi
Rossiyalik Karen Xachanov AQShda Professional tennischilar uyushmasi tomonidan tashkil etilgan musobaqaning navbatdagi bosqichiga yo‘l oldi.
Karen Indian-Uells shahri mezbonlik qilayotgan ushbu turnirning ikkinchi davrasida ispaniyalik Felisiano Lopesni 6:3, 1:6, 6:4 hisobida taslim qildi.
Endi "BNP Paribas Open"ning uchinchi bosqichida Xachanov hamyurti Andrey Rublyovga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar