
Kapadze Ispaniyaga qarshi o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirgan, lekin...
O‘zbekiston erkaklar futbol terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor Olmpiadada ishtirok etmoqda. Bu tarixiy turnirni yoritish uchun albatta barcha o‘zbek OAVlari harakatni boshladi, lekin O‘FA hali ham "uxlayotgandek". Timur Kapadze shogirdlarini Parijdagi mashg‘ulotlaridan aytarlik video yoki foto taqdim etmagan media matbuot anjumanlarini ham yoritishni maqsad qilmaganga o‘yshaydi.
Ispaniyaga qarshi raqiblarimizning o‘yin oldidan bildirgan fikrlari ommaga e’lon qilindi. Aynan Ispaniya futbol federatsiya tomonidan taqdim etildi. Ammo Kapadze ishtirokidagi anjuman hech qaerda chiqmadi. Bellashuv boshlanishiga esa 8 soatdan kam qolmoqda. Bu ketish bo‘ladigan bo‘lsa, uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanidan umid qilmasa ham bo‘laveradi. Nafaqat, bahsdan keyingi fikrlar, balki butun turnir davomida Kapadze va uning shogirdlari gapirishmasa kerak.
Eng yomoni, ushbu turnirni yoritish uchun jurnalist olib ketilmagani aytilmoqda. Bu holat Osiyo kubogida ham ro‘y bergan edi. Jahon chempionatida ham mana shu ishni davom ettirib, butun dunyoga bu borada dars berib qo‘yamiz hali.
Fikrlar
Hammasiga