Kamoliddin Tojiev: "Ikkita xato ikkita gol bilan tugadi"

  • 27 oktabr, 2024, 02:54
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 22-turda "Paxtakor" jamoasi safarda "Qizilqum" bilan kuch sinashdi va 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bellashuvdan so‘ng jamoa murabbiyi Kamoliddin Tojiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Tecno

- To‘pni va o‘yinni nazrot qilib ikki to‘p farqi bilan yutqazdik. Ikkita xato ikkita gol bilan tugadi.

- "Paxtakor"ga nima etishmayapti?

- Bizda gol kiritadigan hujumchi yo‘q. Vaziyatlar yaratib darvozaga tepmasa, gol bo‘lmaydi. 

- Xoldorxonovning maydonga tushishi hujumni kuchaytirirish rejasi edimi?

- Biz 3 markaziy himoyachi bilan to‘p tepayotgan edik. Keyin mudofaa vakillari sonini 4 taga etkazib Xoldorxonovni hujumga tashladik. Azmiddinov qanot himoyachisi vazifasini bajardi. Bir-ikki o‘zgarish nishonga tegmadi. 

- Qarshidagi ikki uchrashuvda ham ochko yo‘qotdingiz, buni stadionga qandaydir taalluqli joyi bormi?

- Maydonning ta’siri emas. Bugun ikkita xato qildik va bu gol bo‘ldi. Ba’zida 20 ta xato qilganda ham raqib darvoza oldiga yaqinlasha olmaydi.

- "Paxtakor" sovrinli o‘rinlar uchun kurashdan chiqdimi?

- Nega? Biz oxirigacha kurash olib boramiz.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!