Jyul Kunde: "Mening uslubim buqalamun kabi universaldir"

  • 4 oktabr, 2024, 20:30
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Jyul Kunde o‘z hayotidagi modaning ahamiyati haqida gapirdi.

- Moda har doim siz uchun ishtiyoq bo‘lganmi yoki vaqt o‘tishi bilan kashf qilgan narsangizmi?

Tecno

- Men buni futbol, ​​musiqa va basketbol kabi turli ta’sirlar orqali asta-sekin kashf qilgan narsam deb aytardim. Men doimo oilam orqali kiyimga qiziqishni saqlab kelganman. Kichkinaligimda onam bilan birga do‘konga borishni yomon ko‘rardim. Shunchaki o‘tirish uchun stul topib, uning xaridlarini tugatishini kutar edim. Biroq, har doim kiyimimni o‘zim tanlashni yaxshi ko‘rardim va onam menga bu erkinlikni juda erta bergan. Haligacha stilistim yo‘qligining sabablaridan biri ham mana shu.
 

- Uslubingizni qanday tavsiflagan bo‘lardingiz?

- Men uni buqalamun kabi universal deb atagan bo‘lardim. 


– Sizningcha, maydon tashqarisidagi futbolchi obrazida modaning ahamiyati qayday?

- Bu juda sub’ektiv savol. Ba’zilar bu muhim emas, deyishadi. Shaxsan men uchun bu muhim. Chunki moda mening bir qismim. Yaxshi kiyinish birinchi navbatda, o‘zini ishonchli his qilishning bir usuli. Bu shuningdek, odamlar bilan aloqaga kirishish va ularga ichki dunyongizni ko‘rsatishning bir usuli hamdir.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
jan reno
04/10/2024 23:53
Жюль Кунте, патак омуз одамлиги билиниб турарди узи. Жамоасиям шунакарок.