
Jurnalist Mbappe haqida: "Chunki u sof "to‘qqizlik" emas"
Jurnalist Daniel Riolo Kilian Mbappening "Real"dagi ishonchsiz starti haqida gapirdi.
“Biz Mbappe "Real"ga mos keladimi yoki yo‘qligini oxirigacha ko‘ramiz. Albatta, Anchelotti uni Luis Enrike va Dide Desham kabi "to‘qqizlik" futbolchi sifatida o‘ynatadi. Lekin bu ish bermayotganini ko‘rib turibmiz. Chunki u sof "to‘qqizlik" emas va hech qachon "to‘qqizlik" bo‘la olmaydi.
Mbappe hech qachon "to‘qqizlik" bo‘lmasligini ming marta takrorladim. Buni o‘tgan yili Luis Enrikega ham aytgandim. Enrike duch kelgan, Desham ham duch keladigan va Anchelotti duch keladigan muammo shundaki, u boshqa o‘yinchilar bilan o‘rin almashish-almashmasligidan nazar chap qanotda o‘ynashi kerak.
Hozir Kilian juda charchagan. Unga biroz muddat dam berish kerak”, - dedi jurnalist "RMC Sport" nashriga bergan intervyusida.
Fikrlar