Joze Mourino: "Bugundan "Kodjaelispor" ga qarshi o‘yin haqida o‘ylaman"

  • 21 avgust, 14:16
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha tunda Chempionlar ligasining to‘rtinchi saralash bosqichi o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Turkiyaning "Fenerbaxche" klubi mehmonda Portugaliyaning "Benfika" jamoasiga qarshi maydonga chiqdi va jamoalar 0:0 hisobidagi durangga imzo chekishdi. Uchrashuvdan so‘ng Turkiya klubi bosh murabbiyi Joze Mourino o‘yin haqida fikr bildirdi.

Tecno

"Bugundan men “Kodjaelispor” ga qarshi o‘yin haqida o‘ylaman. Undan keyin “Benfika” bilan o‘yinimiz bo‘lib o‘tadi. Shu sababli, javob o‘yinidagi taktikamiz haqida aniq fikrga ega emasman. Bugungi uchrashuv har ikki jamoa uchun ham murakkab kechdi. Bir jamoa durang o‘ynashni xohladi va bunga erishdi. Boshqasi esa ko‘proq narsa istadi, ammo buni qo‘lga kirita olmadi.

O‘yining ohirgi 20 daqiqasida biz bir futbolchi ko‘p bo‘lib harakat kildik. O‘sha vaqti o‘yini o‘z tomonimizga og‘dirish uchun biroz maydonda kenglik yaratib tezlik qo‘shimiz lozim edi. Biroq biz buni uddalay olmadik. Garchi bu o‘yin tomasha qilish uchun unchalik yoqimli bo‘lmasa-da, eng yuqori darajadagi bellashuv bo‘ldi”, - dedi portugaliyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, “Fenerbaxche” va “Benfika” o‘rtasidagi javob uchrashuvi 28 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!