
Joshua-Pulev jangi aniq yoxud Eddi Xirn tomoshabinlar ishtirokida jang kechasi uyushtirmoqchi
"Matchroom Boxing"rahbari Eddi Xirn, tomoshabinlar ko‘z o‘ngida og‘ir vazn toifasida WBA, WBO, IBF, IBO kamarlari sohibi Entoni Joshuaning Kubrat Pulevga qarshi majburiy himoya jangini tashkil etish niyatida ekanligini aytdi. Xirnning ta’kidlashicha, u jangni Londonning O2 arenasida o‘tkazishi mumkin. Joshua aynan shu arenada 2016 yil Charlz Martinni mag‘lub etib, birinchi jahon chempionlik kamarini qo‘lgan kiritgan edi. "Manchester Arena" ham yana bir variant sifatida aytilmoqda.
Ijtimoiy masofa saqlash masalalarni hamon amalda ekanini hisobga olgan holda, u 20000 o‘rinli joylarda 5000-10000 atrofida odam to‘planishiga ruxsat berishiga umid qilmoqda... Agar, bunday tomosha odatiy sig‘imi 70000 kishidan oshadigan Kardiffdagi "Printsipial" stadionida o‘tkazilsa, ikki baravar ko‘payishi mumkin.
"Pulevning promouteri Bob Arum bilan gaplashdim. Noyabr oyida Pulev -Joshua jangini tashkil qilish asosiy maqsadimiz",- dedi Xirn.
Fikrlar