
Joshua: Jangdan keyin o‘z haqini oladigan ikki erkak o‘rtasidagi jang bo‘ladi
Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Entoni Joshua Endi Ruisga qarshi kechadigan jang oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.
"Men yaxshi jang bo‘lishini kutayapman. Men Endiga "Madison Square Garden"da yana jang qilishni taklif qildim. Men sen bilan jang qilmoqchiman, bu qaerda bo‘lishini umuman farqi yo‘q.
Kel, yana Nyu-Yorkka qaytamiz. Istasang Kardiffga ham boraman.
Men havaskor bo‘lganimda yoki chempion bo‘lganimda pul haqida hech qanday savol bo‘lmagan, endi mendan bu haqda so‘rashning nima keragi bor?
Keling, bu pul uchun kurashgan va jangdan keyin o‘z haqini oladigan ikki erkak o‘rtasidagi jang bo‘ladi, degan haqiqatdan uzoqlashmaylik," - dedi Joshua.
Fikrlar