
Joriy mavsum besh daqiqa o‘ynagan futbolchi "Liverpul"ni tark etadi
Tiago Alkantara yozda "Liverpul"ni tark etadi.
Ispaniyatik futbolchining klub bilan shartnomasi mavsum so‘nggida yakuniga etadi. Futbolchi mersisaydliklarni erkin agent sifatida tark etadi.
Tiago 2020 yilda "Bavariya"dan 30 million evro evaziga "qizillar" safiga kelib qo‘shilgandi. U jarohati tufayli joriy mavsumda atigi 5 daqiqa to‘p tepgan.
Fikrlar