Jon Jons Tom Aspinall bilan jang uchun 30 million dollar so‘rayotgani haqiqatmi?

  • 10 yanvar, 16:50
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • MMA
BEPUL PROPAN

UFC rahbari Dana Uayt amaldagi chempion Jon Jonsning britaniyalik Tom Aspinall bilan jang uchun 30 million dollar so‘rayotgani haqidagi mish-mishlarni rad etdi. Bu haqda taniqli sharhlovchi Jo Rogan xabar berdi.

“Men Jons Aspinal bilan jang qilish uchun 30 million dollar talab qilgani haqida mish-mish eshitdim. Bunga UFC hatto go‘yoki "ha" deb aytganmish. Biroq bu haqiqat emas. Dana Uayt men bilan bog‘lanib, bu mish-mishlarning barchasi bema’nilik ekanligini ta’kidladi. Shuning uchun hammaga bu yolg‘on ma’lumot ekanligini aytishga majbur bo‘ldim” - dedi Rogan o‘zining podkastida.

Ma’lumot uchun, Jon Jonsning va Tom Aspinall to‘qnashuvi bu yil o‘tkazilishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!