
Jon Jons o‘zining navbatdagi jangi qachon bo‘lishini aytdi
Og‘ir vazn toifasida (120 kg gacha) UFC’ning amaldagi chempioni amerikalik Jon Jons muxlislarning navbatdagi jang haqidagi savoliga javob berdi.
"9 noyabr, Madison Square Garden". Bilaman, bu tushdek tuyuladi, lekin bu haqiqatan ham sodir bo‘lmoqda”, — deb yozdi Jons ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Ammo UFC Jonsning navbatdagi jangi sanasini hali rasman tasdiqlagani yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning oktyabr oyi oxirida Jons mashg‘ulotlarda sparring paytida jiddiy jarohat olgandi. Qayd etilishicha, tiklanish sakkiz oygacha davom etishi mumkin. Mashhur sportchi professional darajada 29 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, ularning 27 tasida g‘alaba qozongan (10 tasi nokaut bilan), bittasida mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan va bitta jang inobatga olinmagan. O‘tgan yilning mart oyida bo‘lib o‘tgan so‘nggi jangda Jon frantsiyalik Kiril Xanni mag‘lub etgandi.
Fikrlar