Jiru: "Bu bilan to‘xtab qolmoqchi emasmiz"

  • 7 dekabr, 2022, 13:05
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" hamda Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Olive Jiru kelajagi haqida gapirdi.

Tecno

"Milan"ga o‘tganimda yangi vazifalarni bajarish vaqti kelganini anglaganman. Buning uchun klub menga katta imkoniyatlar taqdim etdi. O‘ylaymanki, yuqori darajada yana bir necha yil o‘ynay olaman.

Haligacha maydonda o‘zimni ko‘rsata olyapman, foydali ishlar samaradorligi yomon emas. Ayni dam o‘zimni "Milan"da yaxshi his qilyapman. Biz allaqachon Italiya chempioniga aylanib bo‘lganmiz, lekin bu bilan to‘xtab qolmoqchi emasmiz", - deya 36 yoshli frantsuzning so‘zlaridan iqtibos keltiradi jurnalist Alfredo Pedulla.

Ma’lumot uchun, Olive Jiru 2021 yilda "Milan"ga o‘tgan edi. Jamoa bilan birgalikda u 2022 yilda skudettoni qo‘lga kiritdi. Jiru "rossonerilar" safida 57 ta o‘yinda maydonga tushib, 23 ta gol urdi hamda 9 ta golga assistentlik qildi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!