
Jezusning o‘rni ishonchli qo‘llarda
Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta APL doirasidagi "Vest Xem"ga (3:1) qarshi o‘yinni sarhisob qildi.
"Yigitlar ajoyib mahorat namoyish etishdi. O‘yin boshidanoq o‘zimiz xohlagandek o‘ynay boshladik, bosim o‘tkazishda, o‘zimizga ishonishda davom etdik va yakunda g‘alaba qozondik va menimcha, bunga haqli edik.
Men Nketiyaga chuqur minnatdorchiligimni izhor etdim, chunki u o‘z o‘yini bilan golga loyiq edi. U o‘zining kuch-qudrati, mahorati va xavfli vaziyatni his qilish qobiliyatini yana bir bor isbotladi. Ajoyib o‘yin!", dedi murabbiy "Amazon Prime"ga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Eddi Nketiya jarohatdagi Gabi Jezusning o‘rnini to‘ldirib turibdi. U kechagi bahsda gol muallifiga aylandi. Braziliyalik hujumchining esa qachon safga qaytishi hali aniq emas. U kamida 3 oyni o‘tkazib yuboradi.
Fikrlar