Jeydon Sanchoning qaysi jamoaga o‘tishi aniq bo‘ldi. Tez orada shartnoma imzolanadi

  • 30 iyun, 2021, 00:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Dortmundning "Borussiya" klubi hujumkor yarim himoyachisi Jeydon Sancho faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettiradi. Bu haqda WAZ xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 21 yoshli angliyalik futbolchi yaqin vaqtlar ichida "qizil iblislar" bilan shartnoma imzolaydi. The Telegraph nashrining yozishicha, ushbu transfer MYu uchun 90 million evrodan kamiga tushmaydi.

Sancho o‘tgan mavsum "Borussiya" safida jami 38 o‘yin o‘tkazdi. U ushbu uchrashuvlarda o‘z hisobiga 16 gol hamda 20 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Bundan avvalroq Sanchoga “Manchester Siti”dan ham qiziqish borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!