Jeydon Sancho umuman kutilmagan jamoaga o‘tib ketmoqchi

  • 18 avgust, 2024, 18:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted”ning qimmatbaho futbolchilaridan hisoblangan Jeydon Sancho faoliyatini qaerda davom ettirishi mavhum bo‘lib turibdi.

Tecno

O‘rtadagi nizolarga barham bergan bosh murabbiy Erik ten Xag hujumkor futbolchi xizmatidan foydalanishga tayyor. Biroq Sanchoga qudratli klublardan chorlovlar ham etarli.

Fussball News nashrining yozishicha, Sanchoga “Chelsi” og‘iz solmoqda. “Aristokratlar” 24 yoshli o‘yinchini olish uchun manchesterliklarga ma’lum miqdorda to‘lov va akademiya tarbiyalanuvchilaridan ikki nafarini taklif qilyapti.

Agar “Manchester Yunayted” Sanchoni to‘liq qo‘yib yuborishga ko‘nmasa, “Chelsi” mutasaddilari uni keyinchalik transfer qilish majburiyati va maoshini to‘liq to‘lash sharti bilan ijaraga olishga tayyorligini bildirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!