Jervonta Devis va Lamont Rouch jangining natijasi o‘zgartirildimi?

  • 10 mart, 14:45
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

O‘tgan hafta o‘tkazilgan Jervonta Devis va Lamont Rouch to‘qnashuvi katta bahslarga sabab bo‘layotgan edi. Rouch tomoni Nyu-York atletika komissiyasiga jang natijasini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha shikoyat xati yo‘llaganidan so‘ng mazkur masala oydinlashganga o‘xshamoqda. Bu haqda "The Ring" nashri xabar qildi.

Tecno

"To‘qqizinchi raunddagi vaziyatda referining "nokdaun yo‘q" degan qaroridan keyin, jang to‘liq davom etdi va bu bokschilarga ham, bahs taqdiriga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatmadi. Shu bois durrang qarori rasman o‘z kuchida qoladi" - deya xabar berdi Nyu-York atletika komissiyasi.

Ma’lumot uchun, Jervonta Devis faoliyati davomida ilk bor durrang natija qayd etdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!