Jerrard APL klubini boshqarishi mumkin

  • 27 iyun, 2019, 13:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Nyukasl” klubi rahbariyati Rafael Benitesdan bo‘shagan lavozimga munosib murabbiy qidirishni davom ettirmoqda.

Tecno

The Telegraph nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qarg‘alar”ning short-listida “Reynjers” bosh murabbiyi Stiven Jerrard, “Nitstsa” Patrik Vieyra va “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning assistenti Mikel Artetalar bor. Aynan mana shu 3 nafar mutazassis nomzodi “Nyukasl” bosh murabbiyligi uchun asosiy da’vogarlar qatorida e’tirof etilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Nyukasl”da shuningdek Jovanni van Bronkxorst, Klaudio Raneri va Avraam Grant kabi murabbiylar nomzodi ham bor ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, “Nyukasl” o‘tgan mavsum APLni 14-pog‘onada yakunladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!