
Jek Maddalena: "Islom Makhachevni nokaut qilaman!"
Avstraliyalik UFC jangchisi Jek Della Maddalena rossiyalik Islom Maxachevga qarshi jangdagi niyatini ochiq aytdi.
"Islom - jiddiy raqib. Uni dunyodagi eng yaxshi jangchilardan biri deb bilaman. Bu — besh raundlik murakkab chempionlik jangi, shuning uchun aniq taktika bilan tayyorgarlik ko‘ryapman. Mening maqsadim — Maxachevni nokaut qilish. Eng maqbul variant — jangni muddatidan oldin yakunlash. Agar buni uddalasam, "Medison Skver Garden" portlaydi", - dedi yarim o‘rta vazn chempioni "Submission Radio" You Tube kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Della Maddalena va Makhachev o‘rtasidagi bahs 16 noyabr kuni "UFC 322" turnirida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar