
JChning so‘nggi kunida kurashchimiz kumush medalni qo‘lga kiritdi
Bugun Bolgariyaning Sofiya shahrida sport kurashlari bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati o‘z yakuniga etdi. Musobaqaning so‘nggi kunida yunon-rim kurashi bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazildi, deya xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Jahon chempionatining oxirgi kuni terma jamoamiz uchun kumush medal bilan yakunlandi. -45 kilogramm vazn toifasida Asadbek Bahromov finalda qozog‘istonlik raqibi Samatbek Izimgaliga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Shu tariqa terma jamoamiz klassik kurash yo‘nalishida 1 tadan kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, butun musobaqa davomida esa 1 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medallarini jamg‘ardi. Sofiya turnirida qahramonga aylangan vakillarimiz ro‘yxati:
Oltin medal:
Umidjon Jalolov (erkin kurash, -55 kg)
Kumush medal:
Kamronbek Qadamov (erkin kurash, -48 kg)
Asadbek Bahromov (yunon-rim kurashi, -45 kg)
Bronza medal:
Abror Atabaev (yunon-rim kurashi, -55 kg)
Mushtariy Tolipbekova (qizlar kurashi, -40 kg)
Sitora Tolipbekova (qizlar kurashi, -46 kg)
Rushana Abdukarimova (qizlar kurashi, -65 kg)
Fikrlar