JCh. Bokschilarimizning dastlabki raqiblari ma’lum bo‘ldi

  • 8 sentabr, 2019, 23:58
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi 8 vazn toifasida ishtirok etmoqda. Unga ko‘ra, -52 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qiladigan Shahobiddin Zoirov ilk bosqichda turkmanistonlik Ixlos Guljanovga qarshi ringga ko‘tariladi.

Tecno

-57 kg vaznda esa Mirazizbek Mirzahalilov ikkinchi bosqichdan bahslarga qo‘shiladigan bo‘ldi. U mazkur bosqichda irlandiyalik Kart Uolkerga qarshi jang qiladi.

-63 kg vazn toifasida Elnur Abduraimov kurashni jazoirlik Benbaziz Redaga qarshi bahs bilan boshlaydigan bo‘ldi. Qur’a natijalariga ko‘ra qolgan bokschilarimiz quyidagi raqiblar bilan kuch sinashadi.

Bobousmon Baturov - ikkinchi bosqichdan kurashga kirishadi (-69 kg)

Fanat Qahramonov - Davaanyan Daavansuren (Mongoliya, -75 kg)

Dilshodbek Ro‘zmetov - Shinebayar Narmandax (Mongoliya, -81) 

Sanjar Tursunov - ikkinchi bosqichdan kurashga kirishadi (-91 kg)

Bahodir Jalolov - ikkinchi bosqichdan kurashga kirishadi (91+ kg).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!