"JCh-2026 saralashi". O‘zbekiston - KXDR uchrashuviga hakamlar tayinlandi

  • 8 avgust, 2024, 19:38
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, sentyabr oyida O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionati saralashidagi o‘z yurishini boshlaydi. Vakillarimiz dastlabki bahsni "Bunyodkor" stadionida KXDRga qarshi o‘tkazadi. Mazkur uchrashuv uchun hakamlar tayinlandi. 

Tecno

Unga ko‘ra, omanlik Ahmed al-Kaf bosh hakam sifatida tayinlangan bo‘lsa, unga qanotlarda Abu Bakar al-Amri va Rashid al-Gaitiy yordam beradi. Qosim al-Hatmi zaxira hakami sifatida ishlasa, Abdulloh Jamoliyga VAR ishonib topshirildi. 

Rasmiylar:

Ahmed al-Kaf  (Bosh hakam)
Abu Bakar al-Amri (Assistent)
Rashid al-Gaitiy  (Assistent)
Qosim al-Hatmi (Zaxira hakami)
Abdulloh Jamoliy (VAR hakami)
Hoshim al-Ibrohim  (AVAR hakami)
Kadum al-Saidiy  (Nazoratchi)
Ronni Suhatril (Komissar)

Eslatib o‘tamiz, mazkur bahs 5 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 19:00 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!