
JCh-2022 saralashi. Janubiy Koreya kutilmaganda mag‘lub bo‘ldi, BAA mundialga chiqish uchun imkoniyatga ega
JCh-2022 saralashidan o‘rin olgan Birlashgan Arab Amirliklari hamda Janubiy Koreya terma jamoalari o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar 1:0 hisobida kuchli raqibdan ustun keldi.
Xareb Abdullaning 54-daqiqada urgan goli amalda o‘yin taqdirini hal qildi.
Shu tariqa, janubiy koreyaliklar hisobidagi 23 ochko o‘zgarmadi va ular ikkinchi o‘rin bilan mundial yo‘llanmasiga ega chiqdi. Amirliklar o‘tish o‘yinida Avstraliyaga qarshi maydonga chiqadi.
Fikrlar