
JCh-2022 saralashi. Beylning gollari Uelsga g‘alaba keltirdi
JCh-2022 saralashi Evropa mintaqasi pley-offidan o‘rin olgan Uels - Avstriya uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mazkur bahsda nominal mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
"Ajdarlar" safida Garet Beyl dubl muallifiga aylandi. Avstriyaliklarning yagona goli Zabittser tomonidan kiritildi.
Shu tariqa, Uels pley-off finaliga yo‘l oldi.
Fikrlar