JCh-2022. Argentina MTJ ustozi Saudiyadan uchralgan mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?

  • 22 noyabr, 2022, 19:03
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qatar yashil maydonlarida o‘tayotgan Jahon chempionati 1-turidan o‘rin olgan Argentina - Saudiya Arabistoni (1:2) uchrashuvidan so‘ng nominal mezbonlar bosh murabbiyi Lionel Skaloni matbuot anjumanida quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

Tecno

"Biz saudiyaliklar qanday o‘ynashini bilardik. Ular himoyada harakat qilishini oldindan hisoblab, bu bahsga tayyorgarlik ko‘rgandik. Lautaro gol urgan vaziyatdagi ofsayd millimetrlik edi.

Bizda yana ikkita uchrashuv bor. To‘g‘ri, bugun mag‘lub bo‘ldik, ammo o‘zimizni o‘nglab, kurashishda davom etamiz".

Ma’lumot uchun, ushbu qarama-qarshilikda argentinaliklarning 3 ta goli ofsayd tufayli bekor qilindi. 

Endi "albiseleste" navbatdagi bellashuvni Meksikaga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!