JCh-2022. AQSh bosh murabbiyi: "Eronni mag‘lub etishimiz kerak"

  • 26 noyabr, 2022, 12:29
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jahon chempionati 2-turidan o‘rin olgan Angliya va AQSh terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda tomonlar durangga imzo chekdi, 0:0.

Tecno

Ushbu bahsdan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida amerikaliklar bosh murabbiyi Gregg Berxalter ishtirok etib, quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

"Jahon chempionatidagi biror o‘yinda darvozangiz daxlsizligini saqlab qolish juda yaxshi. Lekin men hech bo‘lmaganda standart vaziyatdan to‘p kiritishimizni istardim. 

Natijadan ko‘nglimiz to‘q, lekin vazifamiz hali yakunlanmadi. Seshanba kuni Eronni mag‘lub etishimiz kerak".

Ma’lumot uchun, Eron - AQSh uchrashuvi g‘olibi keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!