
Jasur Yaxshiboevning jamoasi EChLda "Shaxtyor"ni mag‘lub etdi (video)
UEFA Chempionlar ligasi "D" guruhining 1-turida hamyurtimiz Jasur Yaxshiboev harakat qilayotgan Moldovaning “Sherif” klubi o‘z maydonida Ukrainaning “Shaxtyor” klubini qabul qildi.
“Sheriff Stadium”da kechgan bahs mezbonlarning 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu kuni “Sherif”ga g‘alaba keltirgan gollarga Adama Traore (16') va Momo Yansane (62') mualliflik qildi. Jasur Yaxshiboev esa o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va 67-daqiqada zaxiraga olindi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar