
Jasur Jaloliddinovning "Paxtakor"ga o‘tishi rostmi?
"Andijon” klubida to‘p surayotgan Jasur Jaloliddinov birinchi davradan keyin jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
Mavsum boshida u “Andijon” bilan shartnoma tuzayotganida chetdan yaxshi taklif bo‘lsa ketishi mumkinligi yuzasidan kelishib olgan. Shu bois ikkinchi davrani boshqa jamoada o‘tkazishi haqidagi xabarlar ham yo‘q emas.
Bundan tashqari, oxirgi paytlarda uni “Paxtakor” o‘z safida ko‘rmoqchiligi bo‘yicha ham xabarlar chiqmoqda. Bu qanchalik rost? Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida “Paxtakor” sport direktori Ja’far Irismetov bilan bog‘langanimizda shunday dedi:
- Biz Jasur Jaloliddinov variantini ko‘rib chiqqanimiz yo‘q. Bizda futbolchilar bor. Bilmadim, balki Piter Xyuistra uni xohlayotgandir. Ammo murabbiy menga Jaloliddinov to‘g‘risida hech nima aytmadi, - dedi Irismetov.
Avvalroq futbolchining o‘zi keyingi faoliyatini xorijda davom ettirishi haqida aytgandi. Demak, voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.
Fikrlar