
Jasur Jaloliddinovning jarimadan urgan super goli jamoamizga g‘alaba keltirdi (video)
O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi "Dubai Cup" xalqaro turnirida ishtirok etmoqda.
Bugun Temur Kapadze shogirdlari vetnamlik tengdoshlariga qarshi maydonga tushdi. Bahs vakillarimizning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Yagona gol 67-daqiqada Jasurbek Jaloliddinov tomonidan kiritildi.
Shu tariqa, Kapadze shogirdlari turnirdagi ilk g‘alabasini tantana qildi.
Fikrlar