Jasur Hasanov "yondiryapti" (statistika)

  • 17 avgust, 2022, 18:29
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“So‘g‘diyona” OFK Kubogi Markaziy mintaqa finalida maydonga tushdi. Ulug‘bek Baqoev shogirdlariga ushbu bosqichda Tojikistonning “Xo‘jand” jamoasi raqiblik qildi. 

Tecno

Mazkur bellashuvda mehmonlar yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Jasur Hasanov ikki bor o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, Shoxruz Norxonov va Javohir Qahramonov bittadan gol urdi.

Jizzaxliklar a’zosi Jasur Hasanov mazkur turnirda ajoyib ko‘rsatkich qayd etmoqda. Quyida uning statistikasi bilan tanishishingiz mumkin. 

photo_2022-08-17_18-23-11

Ma’lumot o‘rnida, Ulug‘bek Baqoev shogirdlari navbatdagi bosqich uchrashuvini o‘z maydonida o‘tkazadi. “Bo‘rilar” 6 sentyabr kuni Gonkongning "Istern" klubini qabul qiladi. Bu esa “So‘g‘diyona”ning turnir doirasidagi o‘z maydonida o‘tkazgan ilk uchrashuvi bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!