
Janni Infantino O‘FA prezidentiga maktub yo‘lladi
Hurmatli, Prezident!
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining Prezidenti lavozimiga saylanganingiz munosabati bilan sizga eng samimiy tabriklarim va ezgu tilaklarimni yo‘llashdan mamnunman.
Sizning bilim va salohiyatingiz, rahbarlik tajribangiz ajoyib o‘yinimizning mamlakatingizda yanada rivojlanishiga xissa qo‘shishiga aminman. Bu yo‘lda mening shaxsiy qo‘llab-quvvatlashim va FIFA tomonidan bildiriladigan ishonchga suyanishingiz mumkin. FIFAning eshiklari siz uchun hamisha ochiq bo‘lishini bildirmoqchiman.
Sizdan yangi saylangan Vitse-prezident hamda Ijroqo‘m a’zolariga ham mening samimiy tabriklarimni etkazib qo‘yishingizni so‘rayman.
Sizga va Siz rahbarligingizdagi jamoaga omad va barcha boshlagan ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilayman.
Yaqin vaqt ichida siz bilan uchrashishga umid bildiraman.
Eng ezgu tilaklarimni qabul qiling!
Janni Infantino
Fikrlar