Jamshidbek Najmiddinov: "Menimcha bu qonli jang bo‘ladi"

  • 10 iyun, 2021, 17:55
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
BEPUL PROPAN

Bilamizki, 11 iyun kuni Toshkentda professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi. Ushbu kechada Jamshidbek Najmiddinov ham o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. Shu munosabat bilan sports.uz muhbiri u bilan bog‘lanib, fikrlari bilan qiziqdi.

"Aslida Dubayga jang o‘tkazish uchun borgan edim. Lekin pandemiya sababli 2 ta jangim bekor qilindi. Hozirda Amerika Qo‘shma Shtatlarining Banner va Uprising kompaniyalari bilan ishlamoqdaman. Amerikaga ketish uchun viza masalalari bo‘yicha ham ish olib borilmoqda. O‘ylashimcha O‘zbekistonda ilk bor bu kabi jang oqshomlari tashkil etilmoqda. Shohjahon Ergashev tomonidan o‘tkazilayotgan boks kechada jangga chiqayotganimdan hursandman. Raqibim janglarini kuzatdim. U juda chidamli bokschi ekan. Havaskor boksda ko‘plab janglar o‘tkazgan. Menimcha bu qonli to‘qnashuv bo‘ladi. Bundan keyingi jangim kamar uchun bo‘lishi kutilmoqda", - dedi Najmiddinov. 

Eslatib o‘tamiz, 11 iyun kuni Najmiddinov 8 raundlik jangda Merab Turkadzega qarshi ringga ko‘tariladi. Kechaning markaziy bahsi Shohjahon Ergashev va Salimu Jengo o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!