
Jamshid Saidov: Kubok musobaqasiga jiddiy qaramayapmiz
Kecha O‘zbekiston Kubogi 1/8 final bosqichiga qur’a tashlandi va unga ko‘ra, Superligada oxirgi o‘rinda borayotgan “Buxoro” “Metallurg” bilan kuch sinashadigan bo‘ldi.
Buxoroliklar bosh murabbiyi Jamshid Saidov sports.uz saytiga qur’a haqida shunday dedi:
- Qur’aga ko‘ra, biz o‘zimizda “Metallurg” bilan o‘ynaydigan bo‘ldik. Ammo tan olishimiz kerak, bizning asosiy e’tiborimiz chempionatga qaratilgan. Kubok musobaqasiga esa jiddiy qaramayapmiz. Chunki oldimizdagi asosiy vazifa Superligada jon saqlab qolish. Shundan keyin Kubok haqida bosh qotirishimiz mumkin, - dedi Saidov.
Fikrlar