
Jaloliddin Masharipov "Al-Nassr"dagi debyuti va Srechko Katanets haqida gapirdi
Hamyurtimiz Jaloliddin Masharipov harakat qilayotgan Saudiya Arabistoni chempionati start oldi. Dastlabki turda legionerimiz jamoasi "Al-Nassr" o‘z maydonida "Damak"ni qabul qilib, yirik 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Mazkur bahsda Masharipov jamoasining ikkinchi goliga assistentlik qildi va to‘liq 90 daqiqa o‘ynadi. Uchrashuvdan so‘ng Jaloliddin SPORTS.uz sayti muxbiriga quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:
- Debyutim omadli chiqdi, deb o‘ylayman. Jamoaga yangi kelgan futbolchilar ko‘p, sekin-asta bir-birimizni tushunishni boshlayapmiz. "Al-Nassr" Saudiyaning eng kuchli ikki klubidan biri. Muxlislari ham ajoyib. Stadionda o‘zgacha muhit yaratishmoqda. Bu erda legionerlar limiti ko‘proq. Har bir o‘yin haqiqiy jang bo‘ladi. Xorijliklarning saviyasi yuqori. Evropaning ko‘plab grand jamoalarida to‘p tepgan yulduzlar ayni damda Saudiyada faoliyat yuritmoqda.
O‘zbekiston terma jamoasiga kelishi kutilayotgan Srechko Katanets haqida.
- Bu murabbiy to‘g‘risida to‘g‘risi, deyarli hech narsa bilmayman. Chet ellik mutaxassis kelgani yaxshi bo‘ldi, deb o‘ylayman. Yaqinda yig‘in bo‘ladi va tanishib olamiz.
Fikrlar