Jahon chempioni yozda A Seriya klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin

  • 24 aprel, 2020, 10:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Borussiya" Dortmund klubi yarim himoyachisi Mario Gyottseni Italiya A Seriyasiga chorlashmoqda.

Tecno

La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan ma’lumotlarga qaraganda, 27 yoshli nemis futbolchisini “Latsio” o‘z safida ko‘rmoqchi. Biroq, rimliklar hozircha ushbu transfer bo‘yicha birorta ham rasmiy taklif bilan murojaat qilishmagan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Gyottse yozda “Borussiya”dan aniq ketishini aytib o‘tgan edi. U joriy mavsum 19 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning transferi 10,5 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!