
Jahon chempioni: O‘zbek bilan jang qilmoqchiman
Meksikalik bokschi Emanuel Navarrete (31-1, 27 KO) o‘zining rejalari haqida gapirib berdi.
U o‘zining asosiy maqsadi Murodjon Ahmadaliev (8-0, 6 KO) ga qarshi jang qilish ekanligini va yana boshqa nomzodlarga qarshi ringga ko‘tarilishga ham qarshi emasligini aytib o‘tdi.
"Emanuel Navarrete jang qilish uchun uchta nomzod bor, bular Naoya Inoue, Luis Neri va "o‘zbek" (Murodjon Ahmadaliev). WBO yo‘nalishining engil vazn toifasida koronavirus pandemiyasigacha 9 oy ichida 5 ta himoya jangini o‘tkazgan va boks qaytgach, katta jang o‘tkazishni rejalashtiryapti," - deb xabar berdi Talksport.com jurnalisti Maykl Benson.
Eslatib o‘tamiz, hamyurtimiz Ahmadaliev (8-0, 6 KO) engil vazn toifasida WBA Super va IBF yo‘nalishlaridagi jahon chempioni hisoblanadi.
Fikrlar