Jahon chempionati ishtirok etayotgan "Unwanted Boys" haqida

  • 7 yanvar, 18:40
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni paytda sobiq futbolchi Jerar Pike tomonidan  tashkil qilingan "Kings league" media futbol bo‘yicha Italiya davlatida  Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur musobaqada Argentina, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Braziliya, Kolumbiya, Meksika, Peru, AQSh, Yaponiya,Ukraina Koreya, Marokash, Saudiya Arabistoni, Turkiya hamda O‘zbekistondan kelgan faoliyatini yakunlagan yulduz va  xavaskor futbolchillar bosh sovrin uchun kurashmoqdalar. Yurtimiz nomidan "Unwanted Boys" jamaosi turnirda  munosib tarzda ishtirok etyapdi. Bu klub qanday paydo bo‘lgan? 

Tecno

"Unwanted Boys" 2023 yil tashkil topgan bo‘lib uning asoschisi Islom Abdujabborov hisoblanadi. Abdujabborov "Bunyodkor" akademiyasida futbol bilan  shug‘ullangan. Juda iqtidorli bo‘lishga qaramay, turli xil sabablar bilan  asosiy jamoaga qabul qilinmaydi. Shundan so‘ng to‘ytepalik yigit  futbol haqida turli xil qiziqarli videolar va chellenchlar  olib uni ijtimoiy tarmoqdagi   shaxsiy sahifasiga joylab boradi. Abdujabbarov olgan kontentlar yosh futbol muxlislarida juda katta qiziqish uyg‘otadi. Xattoki u olgan bir nechta  videolar mashxur internet platformalaridan biri bo‘lgan "443" ham paydo bo‘lib, millionda ko‘proq tomosha qilingan.

Islom Abdujabbarov katta futbolda xohlanmagan yigitlarni to‘plab "Unwanted Boys"ni  tuzishga qaror qildi. Klub tezda o‘z muhlislariga ega bo‘ldi. Ular dastlabki katta o‘yinni bir necha marotaba mamlakat chempioni bo‘lgan "Lokomativ"ga qarshi o‘tkazishdi. Afsuski mazkur bahsda "Unwanted Boys" mag‘lubiyatga uchradi. Ammo ushbu uchrashuv muhlislarga manzur keldi, futbolchilar stadion to‘la tomashabinlarning qo‘llab-quvvatlashlari ostida o‘yin o‘tkazishdi. Yana bir e’tiborli jihati shuki o‘zbek futbolida o‘z nomiga ega bo‘lgan bir qator futbolchilardan tuzulgan "Uzbekistan Legends"lariga   bevosita Odil Ahmedov, Marat Bikmaev, Anzur Ismoilov, Sanjar Tursunov, Ignatiy Nesterov kabi  yulduzlarga qarshi  maydonda kuch sinashishga ham muaffaq bo‘lib ulkan tajriba ottirishdi.  Klub bir joyda to‘xtab qolgani yo‘q. Ular qo‘shni davlatlarda bo‘lgan turnirlarda zafar quchib kelishmoqda. Masalan, Qirg‘iz Respublikasida o‘tkazilgan Osiyo media chempionatida g‘olib bo‘lishni uddaladi va  "Kings league" da ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. 

Ma’lumot uchun hozirgi kunda Islom Abdujabborovning instagram sahifasida 650 mingdan ziyod obunachisi bor. U asos solgan "Unwanted Boys"ning  kuzatuvchilari soni 170 mingdan ko‘proqni tashkil qiladi. Bugun ushbu klub Jahon media chempionatining chorak finaliga yo‘l olish uchun Peruga qarshi maydonda saf tortadi.

                                                                                                                                                                                                                     Ruzmatov Muhammadqodir

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!