Ivan Boshkovich: "Uning o‘rnida boshqa o‘yinchi bo‘lganida ham shunday qilgan bo‘lardi"

  • 25 oktabr, 2022, 22:02
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bunyodkor" bosh murabbiyi Ivan Boshkovich "Nasaf"ga qarshi o‘yindan keyin quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi. "Qaldirg‘ochlar" Qarshida "Nasaf" bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

Tecno

"Nasaf" futbolchilarini yaxshi o‘yin bilan tabriklayman. Juda og‘ir bahs bo‘ldi. Hamma ko‘rdi raqib ko‘plab vaziyatlar yaratdi, biroq gol ura olmadi. Qolaversa, omad bizga kulib boqdi. "Nasaf"ning har bir futbolchisini yaxshi yopa oldik. Qiyin vazifa edi. Ammo bu futbol. "Nasaf"ga chempionlik poygasida omad tilayman. O‘yindagi hissiyotlarni unutish kerak, proffesional bo‘lish lozim.

Muzaffar Olimjonov jamoasi yutqazmasligi uchun barcha narsani qildi. O‘ylashimcha, hamma futbolchilar g‘alaba qozonish uchun borini berdi. Uning o‘rnida boshqa o‘yinchi bo‘lganida ham shunday qilgan bo‘lardi", - dedi murabbiy.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!