
Italiyaning eng zo‘r hujum chizig‘i "Yuventus"ni parchalab tashladi
Italiya chempionatining 18-turida “Napoli” o‘z maydonida “Yuventus”ni 5:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Aytish kerakki, Turin super klubi so‘nggi 30 yildan buyon mamlakat chempionati doirasida bunday yirik hisobda mag‘lub bo‘lmagan edi.
“Keksa sinora”ning sobiq himoyachisi Ciro Ferrara “Yuventus”ning “Napoli”ga qarshi o‘yindagi muvaffaqiyatsizligi haqida fikr bildirdi.
“Yuventus”ning engilmas harakterini chempionatning eng yaxshi hujum chizig‘i parchalab tashlaganini mantiqan to‘g‘ri deb o‘ylayman. Osimxen birinchi marta katta klub darvozasiga gol urdi, bravo. Ammo bu o‘yinda Bremerning xatolari ham bor edi”, - dedi sobiq futbolchi.
Fikrlar