Italiyalik mashhur boks referisi Toshkentga kelmoqda!

  • 10 avgust, 2022, 11:28
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 13 avgust kuni poytaxtimizlagi "Humo" arena saroyida 2022 yilning eng yorqin oqshomi bo‘lishi kutilayotgan professional boks kechasi bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Yaqindagina Butunjahon boks ittifoqi (WBC)ning rasman to‘laqonli a’zosiga aylangan O‘zbekiston professional boks federatsiyasi turnirga o‘z hissasini qo‘shish maqsadida italiyalik taniqli referi Guido Kavalerini yurtimizga taklif qildi.

Reja bo‘yicha, 11-12 avgust kunlari poytaxtimizdagi "Hilton" mehmonxonasida referilar uchun seminar tashkil etiladi. 13 avgust kuni esa hakamlar imtihondan o‘tishadi. Undan muvaffaqiyatli o‘tib olgan referilarga WBC tomonidan maxsus sertifikatlar topshiriladi. O‘zbekistondan jami 22 nafar referi ushbu seminarda qatnashadi.

Ma’lumot uchun, Guido Kavaleri referilik faoliyatini 1981 yilda havaskor boks janglarida hakamlik qilish bilan boshlagan. 1983 yildan professional janglarda ham parallel ravishda referilik qilgan. 1993 yildan esa faqat prof ring hakamligiga o‘tgan. 1998 yilda xalqaro EBU WBO, 1999 yilda esa xalqaro EBU WBC hakami darajasini olgan.

Havaskor boksda 1500, professional ringda esa 500 dan ziyod janglarda hakamlik qilgan. Milliy, xalqaro va jahon chempionatlari doirasida umumiy hisobda 350 ga yaqin chempionlik janglari referisi bo‘lgan.

2010-2014 yillar oralig‘ida Italiya boks federatsiyasi (Lombardiya) hakamlar qo‘mitasi rahbari lavozimida ishlagan. So‘nggi yillarda xalqaro toifadagi hakam va referilarni tayyorlash ishlariga mas’ul, ya’ni ularga turli darajadagi seminarlar o‘tkazib kelyapti.

Hozirda Swiss Boxing, European Boxing Union, World Boxing Council, Nyu-York shtati Atletik komissiyasi, Nyu-Jersi shtati Sport nazorat uyushmasi, Nevada shtati Atletik komissiyasi kabi nufuzli tashkilotlarning to‘laqonli a’zosi hisoblanadi.

Referilik faoliyatidagi eng muhim janglari:

Tayson Fyuri - Dillian Uayt


Terens Krouford - Amir Xan


Klaressa Shilds - Kristina Xammer


Adonis Stivenson - Aleksandr Gvozdik


Adonis Stivenson - Badu Jek


Floyd Meyvezer - Konor MakGregor


Marko Xuk - Mayris Briedis


Deyan Zlatikanin - Mayki Garsiya


Gennadiy Golovkin - Kell Bruk


Leo Santa-Krus - Karl Frempton


Terens Krouford - Viktor Postol


Deontey Uaylder - Artura Shpilka


Badu Jek - Jorj Grouvs


Floyd Meyvezer - Markos Maydana


Serxio Martines - Migel Kotto


Naoya Inoue - Adrian Ernandes


Jonni Gonsales - Elio Roxas


Jakobbe Fragomeni - Silvio Branko


Jan Paskal - Bernard Xopkins


Vitaliy Klichko - Shennon Briggs


Vitaliy Klichko - Kevin Jonson


Vitaliy Klichko - Kris Arreola


Menni Pakyao - Erik Morales


Oskar De La Xoyya - Rikardo Mayorga


Zab Juda - Karlos Baldomir


Toni Belyu - Isaak Chilemba


Vitaliy Klichko - Mahmud Charr


Vitaliy Klichko - Derek Chisora

O‘zbekiston professional boks federatsiyasi matbuot xizmati

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!