
Italiyada O‘zbekiston o‘yinini alohida e’tibor bilan kuzatadigan bo‘lishdi
FIFA kunlari munosabati bilan Evropa milliy chempionatlarida qisqa muddatli tanaffus e’lon qilindi.
Italiya chempionatida o‘ynayotgan Eldor Shomurodov O‘zbekiston milliy terma jamoasining o‘tgan oydagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini, Vetnam hamda Xitoy futbolchilariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazib yuborgan edi.
Bu gal milliy terma jamoamiz sardori 2026 yilgi jahon chempionati doirasidagi rasmiy saralash bahslarida futbolchilarga etakchilik qiladi.
“Kalyari” turli qit’alardan kelgan o‘yinchilarini terma jamoalarga kuzatib qo‘ydi. Ma’lumotlarga qaraganda, Sardiniya klubi murabbiylar shtabi Eldor Shomurodovning O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi o‘yinini alohida kuzatadi.
Bu haqda “Kalyari” faoliyatini atroflicha yoritib kelayotgan cagliarinews24.com sayti jurnalisti Eliya Serra ma’lumot berdi.
- “Kalyari” futbolchilarining sport formasi tez ko‘tarila boshladi. Bu Sardiniya klubi muxlislarini xalqaro uchrashuvlar uchun mo‘ljallagangan tanaffusdan keyin katta natijalarga umidlantirmoqda.
Jamoa A Seriyaning oxirgi uchrashuvida safarda “Yuventus”dan 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lganiga qaramay, o‘yinchilarning harakati Klaudio Raneriga muhim narsalarni ko‘rsatdi.
Aniq misol keltiradigan bo‘lsak, o‘zbek hujumchisi Eldor Shomurodov “Yuventus”ga qarshi maydonga tushishi bilan katta tezligi bilan raqib himoyachilarini sarosimaga solib qo‘ydi. Bu holat legionerning funktsional tayyorgarligi sezilarli darajada ko‘tarilganidan dalolat beradi.
Endi Klaudio Raneri xalqaro tanaffusdan keyin jamoasidagi aksariyat o‘yinchilar qatori Eldor Shomurodovning jamoadagi kelajagi bo‘yicha yangicha yondashuvlar qilishi kutilmoqda, - deb yozdi italiyalik jurnalist Eliya Serra.
Bundan tashqari, yana bir taniqli jurnalist Lorentso Shirru ham o‘zbek legionerining terma jamoa uchun muhim figura ekaniga alohida to‘xtaldi.
- Terma jamoalar o‘yiniga jalb qilingan Eldor Shomurodov ham qisqa muddat “Kalyari” ixtiyorida bo‘lmaydi. Klaudio Raneri jamoasida maydondagi harakat vaqti ancha qisqargan futbolchiga O‘zbekiston milliy terma jamoasidan qo‘ng‘iroq bo‘ldi. Bu chorlov Eldor A Seriyada kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotganiga qaramay, uning mamlakati hujumchiga qanchalar ishonch bildirayotganidan dalolat beradi.
Terma jamoa oldidagi mas’uliyat Shomurodovga nimalarga qodirligini ko‘rsatish, “Kalyari”ga kerak ekanini isbotlash uchun juda yaxshi imkoniyat bo‘ladi, - deb yozdi Lorentso Shirru.
Eldor Shomurodov sardorlik qilayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionati saralash musobaqasi doirasida 16 noyabr kuni Turkmaniston va 21 noyabrda Eron milliy terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.
“Lans” Husanovni qo‘yib yuboradigan bo‘ldi
TsSKA Fayzullaevni Evropaga qachon qo‘yib yuborishi mumkinligi aytildi
Fayzullaev Evropadan yaxshi taklifni rad etmaydi!
Legionerlarimiz muhtojlarga ovqat tarqatdi (foto)
Fayzullaevning kuchiga Evropaga o‘tganida baho beramiz!
Shomurodovni Italiyada men kashf qilganman, hali Eldorning yordami katta bo‘ladi!
Fayzullaev O‘runov duch kelgan muammolarga uchramaydi
Fayzullaev, qo‘rqmay bosaver!
Shomurodov eng oxirida, Husanov esa yo‘q!
Fayzullaev o‘zbek futbolining kuchli jihatini aytdi
Fayzullaevni emas, Messini maqtang!
Fikrlar