Italiya termasi 12 nafar argentinalikni o‘ynatmoqchi

  • 29 mart, 2023, 08:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

A Seriyada legionerlarning ko‘pligi Italiya terma jamoasini shakllantirishda muammolarni keltirib chiqarmoqda. Xususan, hujum chizig‘idagi bo‘shliqni to‘ldirish uchun italiyaliklar Argentinada to‘p tepayotgan Mateo Retegiga fuqarolik berib, uni terma jamoaga jalb qildi.

Tecno

Natija chakki bo‘lgani yo‘q. 2024 Evropa chempionati saralash turnirining dastlabki ikki turida 23 yoshli futbolchi Angliya va Malta terma jamoalari darvozasini ishg‘ol qildi.

Qizig‘i shundaki, Mateo Retegi hech qachon Evropa maydonida to‘p tepmagan. U klublar miqyosida o‘zi tug‘ilib o‘zgan yurtning “Boka Xuniors”, “Estudiantes”, “Taleras” va “Tigre” jamoalarida to‘p tepgan. Aslida “Boka Xuniors”ga tegishli o‘yinchi mavsumni ijara asosida “Tigre”da o‘tkazmoqda.

Retegi tajribasi ish berganidan keyin italiyaliklar jami 12 nafar argentinalikni mahalliylashtirishni rejalashtirmoqda.

TuttoMercatoWeb saytining xabariga ko‘ra, asosiy nomzod “Zaltsburg”da o‘ynayotga Nikolas Kapaldo hisoblanadi.

Shuningdek, Italiya futbol federatsiyasi himoyachi Nikolas Valentini ("Boka Xuniors"), yarim himoyachilar Ignasio Puch ("Atletiko Tukuman"), Tomas Potstso ("Independente"), Jino Infantino ("Rosario Sentral"), Xuan Sfortsa va Xusto Jani ("Nyuells Old Boyz"), Janluka Prestianni ("Veles Sarsfild"), hujumchilar Pedro de la Vega ("Lanus") hamda Lukas Beltran ("River Pleyt") kabi o‘yinchilarni italiyalikka aylantirib, milliy jamoaga olib kelmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!