
Istomin o‘z yurishini g‘alaba bilan boshladi!
Hamyurtimiz Denis Istomin Italiyaning Bella shahridagi "Chellenjer" turkumiga kiruvchi turnirda ishtirok etayotganini xabar bergan edik.
Bugun ushbu musobaqadagi ilk o‘yinini o‘tkazgan vakilimiz 1/16 final bosqichi doirasida ukrainalik Ilya Marchenkoga qarshi kortga chiqdi. Bellashuv davomida faolroq o‘yin ko‘rsatgan sportchimiz birinchi setni tay-brekda yutib oldi. Ruhiy ustunlikka ega bo‘lgan Istomin ikkinchi setni nisbatan osonroq o‘z foydasiga hal qildi. Yakuniy hisob: 7:6, 6:2.
Endi vakilimiz nimchorak final uchrashuvida Paolo Lorentsi hamda Stefano Napolitano qarama-qarshiligi g‘olibi bilan bahs olib boradi.
Fikrlar